14.06.2020 2627

Oliy va o‘rta maxsus talim vaziri O‘zJOKUda

Kecha O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Majidov Inomjon Urishevich Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga tashrif buyurdi. Universitet rahbariyati bilan birgalikda u yangi ma’muriy va o‘quv binosi, talabalar uchun yotoqxona, shuningdek, 2020-2021-o‘quv yiliga talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Vazir talabalar uchun maxsus qurilayotgan turar joyi binosi, o‘quv xonalari, shuningdek, Deutsche Welle akademiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va tashkil etilgan yangi o‘quv radiostudiyasi bilan tanishdi. Bu yerda talabalarga radiojurnalistika bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlarga yaratilgan. Ushbu studio audio va videolar yozish, audio montaj qilish, radio dasturlar va podkastlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan.

Multimedia studiyasi talabalar tayyor materiallar bilan ishlash, audiovizual montaj asoslarini o‘rganish, audio yozuvlar va interaktiv videolarni tayyorlash uchun yaratilgan. Xullas, eng so‘nggi texnik uskunalar bilan jihozlangan studiya yosh jurnalistlarga yangi multimedia ko‘nikmalarini o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash imkonini beradi.

Shuningdek, Inomjon Majidov universitet hududida olib borilayotgan qurilish jarayonlarini va bino fasadini baholagan holda, o‘z fikrini bildirdi.

Yangi bino to‘liq ishlatilishga 2020-2021-o‘quv yiliga tayyor bo‘lish kerakligi ta’kidlandi.

Bo'lishmoq: