14.10.2021 439

MSK raisi O‘zJOKUda mehmon bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov Komissiyasi raisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Zayniddin Nizomxo‘jayev O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida mehmon bo‘ldi.

MSK raisi universitetda joriy yilning 24 – oktabr sanasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari va universitet binosi bilan yaqindan tanishdi. Saylov o‘tkazilishi uchun ajratilgan xona va unda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, shuningdek universitetning diqqatga sazovor joylarini ham professor Sherzodxon Qudratxo‘ja boshchiligida katta qiziqish bilan sayr qilishdi. Zayniddin Mahamatovich talabalar va universitet jamoasi bilan samimiy suhbatlashib, ularning saylov jarayonlari haqidagi fikrlari bilan ham qiziqdilar.
Uchrashuv mehmon va mezbon tarafda ham katta taassurot qoldirdi!

Bo'lishmoq: