20.04.2023 514

Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi

Bugun Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov hamda Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida joylashgan 520-referendum uchastkasida bo‘ldi.

Ular referendumga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Xabaringiz bo‘lsa, kechadan boshlab Referendumda o‘z yashash joyida bo‘lmagan fuqarolarning ovoz berish tartibi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish boshlangan edi. Toshkent shahar hokimi Sh.Umurzoqovga muddatidan oldin ovoz berish yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Bo'lishmoq: