Bugun O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shoirning qisqa, ammo mazmunli hayot va ijod yo‘li eslandi. Unda Bosma ommaviy axborot vositalari va noshirlik ishi fakultetining harbiy jurnalistika yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Talabalar ijrosida Muhammad Yusuf she’rlari bilan aytilgan go‘zal qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, vatan va muhabbat mavzusidagi monologlar barchada katta taassurot qoldirdi.
Ayniqsa, talabalar o‘rtasida shoir she'rlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov tadbirga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdi. G‘oliblarga maxsus sovg‘a va sertifikatlar topshirildi.