15.05.2023 380

Muhammadjon Obidovdan mahorat darsi

Taniqli oʻzbek jurnalisti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist unvoniga sazovor boʻlgan ustoz Muhammadjon Obidov bugun talabalarga o‘zining hayotiy tajribasini bo‘lishdi.

— Farg‘onada tennis korti ochildi. Shuni ochilishiga bag‘ishlab xalqaro musobaqa tashkil qilindi. U paytda men “Axborot”ning Farg‘onadagi maxsus muxbiriman. Menga xabar qilishyapti telefonda... Tennis o‘yinini to‘lig‘icha shahrlab berasiz deb. Men umrimda katta tennis nimaligini bilmaganman. Uni qonun-qoidasini umuman bilmayman. Oldin sport degan tahririyat bo‘lmagan, sport degan kanal bo‘lmagan. O‘sha paytda axborotni muxbirlari hamma sohada ishlaganmiz. Tennis bo'yicha Farg‘onada murabbiy bor ekan. Uni topib, uyida ham yotganman. Biror yo‘nalishning jurnalisti bo‘lishga men qarshiman, bu jurnalistning bilim doirasini chegaralab qo‘yadi.

Bo'lishmoq: