05.01.2021 676

Mustaqil doktorant va izlanuvchilar bilan uchrashuv

Bugun 2021-yil O‘zJOKU mustaqil doktorant DSc, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchi PhD vа stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilingan doktorantlar uchun Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Nozima Muratova ilk yig‘lishni o‘tkazdi.

Yig‘ilishda stajyor-tadqiqotchilarni ilm yo‘lida yana bir bosqichga ko‘tarilgani bilan tabrikladi. Ilmiy ish qilish uchun kerakli maslahatlarini berdi.

Ilmiy ish qilishda do‘stona munosabatlarni saqlagan holda tizimli ishlarni amalga oshirish kerakligini, reja asosida ishlash muhimligini ta’kidladi. “Ayniqsa, tayanch doktorantlar stipendiyamni olsam bo‘ldi deb emas, ilm qilishda vijdonan yondashishi, haqiqatdan mehnat qilish kerak”, - deb aytib o‘tdi.

Mavzuni tasdiqlash, imtihonlardan o‘tish, himoyagacha bo‘lgan jarayonlar haqida tushuntirish berdi.

Doktorantlar savollar bilan murojaat qilib, prorektor Nozima Faxritdinovnadan kerakli javobni olishdi.

Bo'lishmoq: