24.08.2021 837

Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan tanlovda ishtirok eting!

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti mustaqilligimizning 30 yillik tantanasi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusida universitet talabalari uchun maqolalar va videoroliklar tanlovini e’lon qiladi!

Tanlovga quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha materiallar qabul qilinadi:

- Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi internet materiali nominatsiyasi;

- Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi matbuot materiali nominatsiyasi;

- Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi Televideniye materiali nominatsiyasi;

- Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi radio materiali nominatsiyasi;

- Olimpiyada o‘yinlarini yoritish bo‘yicha eng yaxshi sport materiali nominatsiyasi;

- O‘zbekiston imidjini xalqaro maydondagi nufuzini oshirish uchun tayyorlangan material nominatsiyasi;

- Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi siyosiy materiali nominatsiyasi;

- Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi Xalqaro ilmiy maqola nominatsiyasi bo‘yicha.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusida tayyorlangan “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi bo`yicha ham materiallar qabul qilinadi.

G‘oliblarga maqolalar bo‘yicha 8 ta nominatsiyaning barchasi uchun (har bir g‘olibga) 1 500 000 (bir million besh yuz ming so‘m) dan pul mukofoti, “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi uchun esa:

1 - o‘rin – 2 000 000 (ikki million) so‘m;

2 - o‘rin – 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m;

3 - o‘rin – 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida pul mukofotlari topshiriladi.

Tanlovga materiallar pressservice.jmcu2018@gmail.com elektron manzili orqali joriy yilning 31-avgustiga qadar qabul qilinadi.

G‘oliblar mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilgan holda, mustaqillik bayrami 1-sentyabr kuni e’lon qilinadi.

Bo'lishmoq: