02.11.2022 260

“Muvaffaqiyatli inson bo‘lish texnologiyalari” mavzularida seminar-trening shaklida ochiq muloqot tashkil etildi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi, “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi hamda O‘zJOKU “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida biznes loyihalarni shakllantirish, hozirda o‘sib kelayotgan avlod orasida talab yuqori bo‘lgan kasb yo‘nalishlari bilan tanishtirish va “muvaffaqiyatli inson bo‘lish texnologiyalari” mavzularida seminar-trening shaklida ochiq muloqot tashkil etildi.

O‘zJOKU talabalari uchun marketolog va tadbirkor Javohir Xalilov tomonidan “E-kasb” platformasi va “muvaffaqiyatli inson bo'lish texnalogiyalari” mavzuidagi trening, “Yoshlar kelajagimiz” agentligi markaziy apparat bosh mutaxassisi, “Robovolt school” MChJ asoschisi Shaxzod G‘aniyev tomonidan zamonaviy kasblar mavzuida o‘tkazilgan trening qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Bo'lishmoq: