16.02.2023 227

Navbat Bosma OAV va noshirlik ishi fakultetiga

Bugun Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti o‘z talabalari uchun ochiq muloqot o‘tkazdi.

Savollar, muammolar, e’tirozlar... Ular turlicha va takrorlanmas. Harbiy jurnalistika yo‘nalishi talabalari Harbiy poligonlarda, Bosma OAV va noshirlik ishi yo‘nalishi talabalari nashriyotda ko‘proq amaliyot o‘tamoqchi. Yanvar oyidan yana jonlangan “Minbar” ning yangi sonlarini chiqarish uchun ko‘mak so‘raganlar ham bor. 2023-yilning 18-19-20-mart kunlari Buxoro shahrida foto jurnalistika bo'yicha mahorat darsida universitetdan ishtirok etish niyati bor talabalarning xarajatlari qoplab berish yuzasidagi savollar ham ushbu ochiq muloqotda aytildi.

Bo'lishmoq: