Bugun Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Muratova Nozima Faxritdinovnaning 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Multimedia jurnalistikasi: xalqaro va milliy tajriba” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiya himoyasida filologiya fanlari doktori, professor Fayzulla Mo‘minov, Yoqutxon Mamatova, Muxtor Xudoyqulov, Nargis Qosimova, Nazira Toshpo‘latova va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Ilmiy kengash a’zolari tomonidan mazkur ilmiy ish bir ovozdan ijobiy baholandi. Nozima Muratovaning dissertatsiyasi tugallangan deb hisoblanib, filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilindi.