02.02.2022 539

Navbatdagi ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetda har oyning so‘ngi kunlarida universitet Kengashining majlisini o‘tkazish doimiy an’anaga aylangan.Bu gal ham yanvar oying eng so‘ngi kunida navbatdagi 6-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari, ota-onalar kengashi va talabalar vakillari ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi asosiy masala Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 26 yanvar kuni O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Oliy ta’lim tizimi bo‘yicha belgilangan vazifalar to‘g‘risida so‘z borib, Universitetda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Kun tartibidagi bir qator masalalar bo‘yicha mas’ullar axborotlari muhokama qilindi va qaror loyihalari ovozga qo‘yilib tegishli qarorlar qabul qilindi.
Majlis so‘ngida ilmiy daraja va ilmiy unvonlar diplomlari o‘z egalariga topshirilishi bilan bir qatorda, universitet shioriga mos tarzda mehnat faoliyatini olib borayotgan, ta’lim, ilmiy sohalarda yutuqlarga erishib kelayotgan professor o‘qituvchilar mehnati ulug‘lanib universitetning ramziy esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bo'lishmoq: