10.04.2023 175

Navbatdagi Kengash yig‘ilishi qanday o‘tdi?

Bugun Universitet kengashining navbatdagi 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya sohibasi Axmadaliyeva O‘g‘iloy Jamoliddin qiziga universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja tomonidan stipendiantlik guvohnomasi va esdalik sovg‘asi topshirildi.

Bundan tashqari navbatdagi yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan quyidagi:
1. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi;
2. Talabalar turar joyida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy-targ‘ibot ishlari to‘g‘risidagi;
3. 2023-yilda 1-bosqichga qabul qilingan doktorant, tayanch doktorant, maqsadli tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchi (DSc), (PhD) larning ilmiy rahbarlari hamda ilmiy mavzularini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Bo'lishmoq: