03.12.2019 3178

Navbatdagi onlayn-ma'ruza "Sarlavha yozish usullari" mavzusida bo‘lib o‘tdi

Kuni-kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Aleksandr Gradyushkoning “Raqamli muhitda media-kontentning ishlab chiqarilishi. Veb-jurnalistikada sarlavha va matnlarni yozish usullari” mavzusidagi navbatdagi onlayn-ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Sarlavha yozish jurnalistikada eng muhim narsalardan biri ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.  Maqolalarni yozishda ular muhim o‘rin egallaydi. Ular qanchalik qiziqarli va o‘ziga tortuvchi bo‘lsa, shunchalik ko‘p odamni e‘tiborini qamrab oladi.

Aleksandr Aleksandrovichning so‘zlariga ko‘ra, an’anaviy va onlayn ommaviy axborot vositalarining sarlavhalarida katta farq bor.

"Veb-jurnalistikada sarlavhalar matnni sotishi kerak. Bundan tashqari, ularni klikabel bo‘lishlari ham lozim. Va hozirda bu narsa zamonaviy texnologiyalar yordamida osonlikcha hal qilinishi mumkin", dedi Aleksandr Aleksandrovich.

Bundan tashqari, Belarus davlat universitetining jurnalistika kafedrasi dotsenti sarlavhalarni yozish uchun 10 ta qiziqarli va foydali maslahatlar bilan bo‘lishdi.  O‘zbekiston va Belarus internet-ommaviy axborot vositalarining qiyosiy tahlili ham, fursatdan foydalanib o‘tkazildi. Keyin esa, bizning universitetimiz talabalari sarlavhalarni yozish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va ma‘ruzachi ularga zavq bilan javob berdi!

Bo'lishmoq: