30.01.2023 228

Navbatdagi PHD himoyasi

Kunikecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet doktoranti Mullayeva Saxiba Satimbayevna Jurnalistika (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Konvergent tahririyatlarda jurnalist mahorati masalalari” mavzusidagi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mustaqil tadqiqotchisi Djumanova Sanobar Bazarbayevna Jurnalistika (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Zamonaviy mediamakondagi axborot-psixologik kurash sharoitida mediata’limning “o‘zbek modeli”ni yaratish va amaliyotga joriy etish istiqbollari” mavzusidagi dissertatsiyalarni himoya qilishdi.

Bo'lishmoq: