Xabar berganimizdek, bugun buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi, davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 540-yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi. Kechada soʻzga chiqqanlar adabiyot ummonining yorqin siymosi boʻlmish Navoiyning ijodini sidqidildan oʻrganish ahamiyati toʻgʻrisida soʻzladilar. Talabalar tomonidan XV-XVII asrlar – mumtoz adabiyotimiz asoschilari davri voqealari sahnalashtirilib, Navoiy va Boburning gʻazal, ruboiy, tuyuqlaridan namunalar keltirildi.
Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy,
Asrlar g‘amini so‘ylar «Munojot».
Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga