13.02.2022 1750

Navoiy va Bobur tavallud kunlari nishonlandi!

Kuni kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida Mir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan “She’riyatning ikki qanoti” shiori ostida ma’naviy va ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Marosimni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kamunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘z nutqi bilan ochib berdi.

Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston yozuvchilar uyishmasi xodimi – Alisher Boymurodov, O‘zJOKU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Navoiyshunos olim – Farrux Olimov, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi - Mamlakat Latipova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yunusobod tumani bo‘linmasi bosh mutaxasisi – Jasur Kobilov so‘zga chiqib, Navoiy va Bobur hayoti va ijodi haqida fikrlar bilidirib, o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar bobolarimizning ma’naviy merosi va tariximizni o‘rganishdagi ahamiyati qay darajada muhim ekaniga to‘xtalib o‘tdilar.

 

Ijodiy kechada O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari ham o`z ijod mahsullari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirga O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti talabalaridan tashkil topgan “Navo” ansambli o`zining chiroyli navolari bilan fayz kiritdi.

Bo'lishmoq: