04.03.2022 787

Navro‘zga atalgan insholar tanlovi

O‘zJOKU o‘z talabalari uchun Navro‘z bayramining tarixi, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan INSHOLAR tanlovini e’lon qiladi!

Talabalar insholarni quyidagi mavzulardan biri (erkin tanlov) asosida taqdim etishlari mumkin:

1. “Navroʻz bayrami tarixi”;
2. “Navroʻz taomlari tavsifi”;
3. “Har kuning boʻlsin Navroʻz”.

Tanlov gʻoliblari quyidagi 3 yoʻnalish bo’yicha aniqlanadi:
1. “Navroʻz bayrami tarixi” mavzusida yozilgan eng yaxshi insho;
2. “Navroʻz taomlari tavsifi” mavzusida yozilgan eng yaxshi insho;
3. “Har kuning boʻlsin Navroʻz” mavzusida yozilgan eng yaxshi insho.

Tanlov shartlari qanday?

Insho qo‘l yozma asosida, o‘zingiz bilgan, bobo-buvilardan eshitgan, qiziqarli ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan holda daftarga yozilgan bo‘lishi kerak!

Insholarni baholashda ishning mazmuni, yozilish uslubi, imloviy va uslubiy xatolari va xusnixatga alohida e’tibor beriladi.

Tayyor ishlarni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga, 20-martga qadar topshirish so‘raladi.

Yuqorida keltirilgan 3 yo‘nalish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan eng yaxshi insholar 500 000 (besh yuz ming) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bo'lishmoq: