22.02.2023 2136

Taniqli "Mursak" modalar uyi asoschisi mehmon bo‘ldi

Zamonaviy jurnalist imidjini yaratish, u qanday liboslar kiyishi, o‘ziga qulay poyafzal tanlash, ranglar uyg‘unligiga e’tibor qaratish muhimligi haqida tavsiyalar berdi.

Nega aynan modalar uyini “Mursak” deb nomlanishiga to‘xtalib o‘tib, uning tarixi ayollarning choponi bilan bog‘liqligi haqida aytib o‘tdi.

Nilufar Abduvaliyeva bundan 20 yil muqaddam Iqtisodiyot universitetiga pul orqali o‘qishga kirganligini aytib, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish kerakligini ta’kidladi.

To‘rtta oliygohni tamomlab, dizaynerlik sohasini tanlaganini, aslida modalar uyi emas, balki, tamaddixona ochmoqchi bo‘lganini ochiqladi.

Rektor Sherzodxon Qudratxo‘ja uchrashuvning ikkinchi qismida suhbatdoshlar safidan o‘rin oldi. Nilufar Abduvaliyevaga yaratayotgan liboslarida milliylikni targ‘ib qilish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

Bo'lishmoq: