Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti tashabbusi bilan Yakkasaroy tumanidagi 15 dan ortiq maktab o‘qituvchilari uchun “Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda taniqli jurnalistlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘janing: “men pedagogman. Bu kasb egasi ekanligimdan faxrlanaman, negaki, o‘qituvchilik – eng sharafli kasbdir. Millat ta’limi o‘qituvchilar qo‘lida. Millatning taqdiri ham shu kasb egalarining astoydil qilgan mehnatiga bog‘liq” - degan so‘zlari bilan boshlangan ushbu seminar savol-javob va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
Ikki soatdan ortiq davom etgan seminar-treningdan maktab o‘qituvchilarida katta taassurot qoldirdi. Tashkilotchilar va mehmonlar tomonidan bu kabi treninglar doimiy tarzda tashkil etilishiga kelishib olindi.