15.04.2021 650

OAVlar bilan hamkorlik

Kuni kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida yana bir muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, “Sevimli” telekanalining bosh direktori Davlatbek Rashidov hamda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA) rahbari Rajab Rajabov universitet bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Xabaringiz bor, hozirda jurnalistika universiteti ikki haftalik karantinga yopilgan. Shunga qaramay, universitet ma’muriyati universitet ochilishi bilan yosh jurnalistlar uchun bir nechta qiziqarli loyihalarni taqdim etish niyatida.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvning kun tartibidagi masalasi universitet multimedia markazini (telestudiya) talabalar foydalanishiga to‘laqonli topshirish bo‘ldi. Uchrashuv yakunida “Sevimli” va EOAVMA bilan doimiy asosda hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Bo'lishmoq: