16.04.2020 2088

O‘zJOKUda navbatdagi onlayn-majlis

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayevning o‘quv muassasasi professor-o‘qituvchilari bilan onlayn-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda talabalarni masofaviy o‘qitish, interaktiv shaklda video darslar tashkil etish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. O‘qituvchilarga talabalar ta’tilni samarali o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Kunning ikkinchi yarmida esa rus guruhlarida tahsil olayotgan talabalar bilan yana bir onlayn-suhbat bo‘lib o‘tdi.
"Hozir biz qiyin damlarda yashayapmiz. Biroq bu dam olishimiz uchun uchun sabab emas. Shuning uchun, aziz talabalarim, sizlardan o‘qishni masofadan turib davom ettirishlaringni, professor-o‘qituvchilar berishayotgan barcha vazifalarni vaqtida bajarishingizni so‘rayman",- dedi Sherzodxon Qudratxo‘djayev.
Qolaversa, OAVning bugungi kundagi holati haqiga gapirildi. Tahliliy janr tobora kuchayib bormoqda: sharhlar va esselarni ko‘proq uchratmoqdamiz. "Shunday oson bo‘lmagan davrda jurnalistikaning rolini o‘rganish kerak",- dedi O‘zJOKU rektori.
"Karantindan keyin hayot qanday bo‘ladi? Karantindan keyin qanday o‘zgarishlarga jurnalistika yuz tutishi mumkin? Bu kabi savollar bizni o‘ylashga undashi kerak".
Bunday onlayn-suhbatlar hali yana ko‘p bo'lishi ham alohida ta’kidlab o‘tildi.

Bo'lishmoq: