13.03.2023 338

Ochiq osmon ostida mahorat darsi

Ertaga O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja shogirdlari, talabalar va hamkasblarini soat 12:00 da Toshkent Markaziy Univermagi ortida joylashgan kitoblar rastasiga taklif etadi.

Bir necha yillardan buyon an’anaga aylanib ulgurgan kitoblar rastasidagi ijodiy darslar universitetning o‘zbek va yevro guruhidagi barcha talabalari uchun tashkillashtirilmoqda.

Ertangi mobil ijodiy dars ishtirokchilarga: bahorni fotografiyada ifoda etish, yangi va eski kitoblar bilan tanishuv, sohadagi yangi tendensiyalar, mashhur ЦУМ gummalari hamda xonimini tatib ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi.

Barcha qiziquvchilarni ochiq osmon ostidagi noodatiy darsga taklif etamiz.

Barchangizni 12:00 da kutib qolamiz!

Bo'lishmoq: