05.08.2022 1731

Og‘zaki hamda yozma ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2-4-avgust kunlari bo’lib o’tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari e’lon qilindi.

Ijodiy imtihonlar bo’yicha to’plangan ballarni ushbu havola orqali abituriyent ID raqamini kiritgan holda bilib olishingiz mumkin.

O’zJOKU rasmiy sahifalarida ijodiy imtihonlarning natijalari 5-avgust kuni soat 14:00 da e’lon qilindi va imtihondagi o’z natijalaridan norozi bo’lgan abituriyentlar qabul komissiyasiga 24 soat davomida (ya’ni 6-avgust soat 14:00 ga qadar) appelyatsiya tartibida murojaat qilishlari mumkin.

Appelyatsiya uchun murojaatlar 24 soatdan kechikkan holatlarda komissiya raisi tomonidan rad etiladi.

Barcha abituriyentlarimizga universitet jamoasi nomidan test imtihonlarda muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: