O‘zbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot institute” tomonidan “Oila institutini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Anjumanda Misr, Yaponiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi xorijiy mamlakatlardan xalqaro ekspertlar, soha mutaxassislari, tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.
Xususan, Misr Ijtimoiy birdamlik vazirligining Oilani rivojlantirish masalalari bo‘yicha boshqarmasi bosh direktori Narmin Ahmad Mansur xonim, Yaponiyaning Syova ayollar universiteti dotsenti Noriko Sudzuki xonim, Qozog‘iston Ijtimoiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi “Qozog‘iston ijtimoiy taraqqiyot instituti” boshqaruvi raisi o‘rinbosari, siyosat fanlari doktori Kaydarova Asem xonim, Turkiya Respublikasi Kayseri viloyati Erchies universiteti Oila huquqi kafedrasining professori janob Murat Dog‘an, Turkmaniston Respublikasi Xotin-qizlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Durdiyeva Akdjemal xonimlar globallashuv davrida oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oila institutining transformatsiyasi sharoitida qadriyatlarning o‘rnini oshirish bo‘yicha ma’ruza qilishdi.
Shuningdek Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti xotin-qizlar raisi Nafisa Tursunova, xotin-qizlar raisi maslahatchisi Barno Buranovalar ishtirok etdi.