Bugun Toshkent davlat universitetiga ishga o‘tib, jurnalistika fakultetini tashkil etgan shaxs To‘g‘on Ernazarovning 100 yilligi munosabati bilan “Ijod va xotira” hamda “Go‘zal bog‘lar” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda professor To‘g‘on Ernazarovning kenja farzandi Aziz Ernazarov ishtirok etdi. A.Ernazarov otasining mehnat faoliyati, jurnalistika tarixida turgan o‘rni va taqdim etilayotgan kitoblar tarixi haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, o‘zi mehnat qilayotgan Toshkent shahar IIBB axborot multimedia markazi rahbari sifatida faoliyati haqida so'zlab, talabalar tomonidan berilgan savollargan javob berdi.
Aziz Ernazarov tergov va surishtiruv sohasiga qiziquvchi talabalarga bu sohaning farqlari haqida aytib, “agar shu sohaga qiziqsangiz bu borada qonunlar bor, ularni o‘qib chiqqaningizdan keyin borgan joyingizda bemalol, qo‘rqmasdan savolingizni berishingiz mumkin” - deya tushuncha berdi.