Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida faoliyat yuritayotgan ayol o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, iste’dodini yuzaga chiqarish, ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, ilmiy ishlarida ko‘maklashish va rag‘batlantirish maqsadida ayol professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Olima ayollar” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tantanali ravishda taqdirlandilar. Tadbir bir-biridan qiziq suhbatlar va kuy-qo‘shiqqa boy tarzda o‘tdi.