18.04.2023 1125

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri O‘zJOKUda

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bo‘ldi.

Vazir universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. O‘quv audiotoriyalarida o‘tilayotgan darsda ishtirok etib, talabalar bilan do‘stona suhbatlashdi. Undan so‘ng universitetning 7-qavatida professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar bilan samimiy muloqotda ma’ruza qilib, vazirga berilgan savollarga javob berdi.

Bo'lishmoq: