18.04.2023 195

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga qanday takliflar berildi? Vazirning O‘zJOKU haqidagi fikri qanday?

Ibrohim Abdurahomonov universitetdagi erkinlik muhitini alohida ta’kidlab, yoshlarning yanada kreativ bo‘lishini aytib o‘tdi. Bundan tashqari O‘zJOKUda yashil energetikadan foydalanish yo‘lga qo‘yilganini ko‘rib, o‘zining fikrlarini va innovatsion yondashuv bo‘yicha bir nechta maslahatlarni berdi. Shundan so‘ng universitet 7-qavatida O‘zJOKU jamoasi bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu jarayonlarda doktorantlar, magistrlar va bakalavr bosqichi talabalari o‘z takliflarini berib o‘tishdi. Bular:

1. Media sohasida faoliyat olib borayotgan yosh tadqiqotchilar, doktorantlar, ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan yoshlar uchun xorijda ilmiy stajirovkalarni tashkil etish uchun alohida kvotalarni ajratish;

2. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetidan topshirilgan ilmiy grantlarni innovatsion va kreativ sohalarga yo‘naltirilgan loyihalar sifatida qo‘llab-quvvatlash;

3. “English for sience” Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligida tashkil etilgan ushbu tajribani magistrlar uchun tashkil etish va bunda universitetlarga magistlik darajasiga ega bo‘lgan yoshlar uchun “English for sience” o‘quv kursini tashkil etish uchun universitetga mablag‘ ajratish;

4. 40 yoshdan yuqori bo‘lgan doktorantlar uchun, ilmiy ish bilan mashg‘ul bo'lgan professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy loyihalar doirasida stajirovkalarni amalga oshirish uchun imkoniyatni ko‘rib chiqish va ilmiy loyihalarning rejasiga bu kabi stajirovkalarni kiritish;

Bo'lishmoq: