Bugun “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Milliy qadriyatlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” rag‘batlantiruvchi mukofoti bilan Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Filologiya fanlari nomzodi, professor Nazira Qurbon taqdirlandi.
Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Nazira Qurbonni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi nomidan tabriklab, professional faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.