30.11.2022 1158

“Ommaviy axborot vositalarida til va uslub masalasi: tahlil, tasnif, qiyos” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Ommaviy axborot vositalarida til va uslub masalasi: tahlil, tasnif, qiyos” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu xalqaro konferensiya an’anaviy tarzda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yil umumiy hisobda uchinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu anjumanda Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda Qozog‘iston hamda Turkiyadan xorijiy mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etishdi.

Bo'lishmoq: