O‘zbekiston oliy ta’lim vazirligi “Davlat tili” to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinganligiga 32 yil to‘lganligi munosabati bilan “Ona tili-millat g‘ururi” ilmiy-ijodiy ishlar respublika tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etuvchilar!
Oliy ta‘lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida.
Tanlov quydagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
1. Eng yaxshi ilmiy maqola;
2. Eng yaxshi dasturiy mahsulot va ishlanmalar;
3. Eng yaxshi o‘quv va atamalar lug‘ati;
4. Eng yaxshi ijtimoiy rolik;
5. Eng yaxshi tarjima asari.
Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha:
1-o‘rin: BHM 20 barobari va diplom;
2-o‘rin: BHM 15 barobari va diplom;
3-o‘rin: BHM 10 barobar va diplom.
TANLOV SHARTLARI!
1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin;
2. Tanlovga ishlarini yuborayotgan ishtirokchi tomonidan taqdim etayotgan materiali bilan birga uzbektili@edu.uz elektron manziliga tanlov ishtirokchising anketasi elektron shaklda to‘ldirib yuboriladi;
3. Tanlovga arizalar 2021-yilning 30-oktabrga qadar uzbektili@edu.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi;
4. Tanlovga yuboriladigan ilmiy maqolalar 2021-yil 1-yanvardan 2021-yil 1-oktabrga qadar nashr qilingan ishlar bo‘lish shart.
Dasturiy mahsulotlar, lug‘atlar, tarjima asarlari va ijtimoiy roliklar bir ishtirokchi yoki guruh tomonidan taqdim etilishi mumkin;
5. Ijodiy ishlarni 10-noyabrga qadar Tashkiliy qo‘mita tomonidan tuzilgan Hakamlar hay’ati ko‘rib chiqadi va baholaydi.
Tanlov g‘oliblari 15-noyabrga qadar e’lon qilinadi.
6. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarga qo‘yilgan ballar teng bo‘lib qolganda, Hakamlar hay’ati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblandi.