28.11.2019 1968

Onlayn-menejment Jurnalistlika universitetida

Bugun O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida navbatdagi onlayn-ma'ruza bo'lib o'tdi. Unda universitet talabalari ishtirok etishdi.

"Onlayn-menejment" - aynan shu mavzusiga bugungi ma’ruza bag‘ishlandi. Mahorat darsini Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini jurnalistika fakultetining "Mediya nazariyasi va iqtisodiyoti" kafedrasi dotsenti, Andrey Vladimirovich Virkovskiy olib bordi.

Ma’ruza davomida AKT rivojlanishi bilan nafaqat bizning hayotimiz sharoitlari, balki odamlar o‘rtasidagi aloqa usullari ham o‘zgarganligi ta’kidlandi.  Axborot texnologiyalari joriy etilishi bilan ommaviy axborot vositalari tez o‘zgarishni boshladi. Bosma ommaviy axborot vositalari tobora internet formatiga o‘tib kerishmoqda. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarining tahririyati ham o‘zgarmoqda: bugungi kunda muharrir nafaqat matn bilan ishlaydigan, uning tarkibini tuzadigan, tekshiradigan odamdir, balki prodyuser va rejissyor hamdir.

Shuningdek, Andrey Vladimirovich bugungi kunda ma‘lumot ko'plab kompaniyalarni onlayn reklama qilishda ishlatiladigan qimmatli mahsulot ekanligini ta’kidladi.

Xabarlar matni, sahifalar, reklama va bloglar sarlavhalari juda katta ta’sir ko‘rsatuvchi kuchga egadir. Ammo buning uchun u ma’lum qoidalarga muvofiq yozilishi, foydalanuvchilarning his-tuyg‘ulari va istaklariga to‘g‘ri kelishi kerak.

Ma‘ruza so‘nggida talabalar bugungi mavzuga oid savollar berishdi. Shunday qilib, biz hotirjam aytishimiz mumkinki, ushbu onlayn ma‘ruza ham muvaffaqiyatli yakunlandi!

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Moskva davlat universiteti bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolangan. Hozirda shu hujjatning samarali natijalarini guvohi bo‘lmoqdamiz.

Bo'lishmoq: