Respublika komissiyasining 2020-yil 12-noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq barcha oliy ta’lim muassasalarida, xususan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ham joriy yilning 16-noyabr sanasidan universitet rektori tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi va o‘quv grafigi asosida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda davom ettirilishini e’lon qilamiz.
An’anaviy o‘quv jarayonlariga faqat 1-kurs bakalavr va 1-kurs magistratura yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar jalb etiladi.
Eslatma: 1-kurs bakalavr yo‘nalishi talabalari 1-smenada, 1-kurs magistratura yo‘nalishi magistrlari esa 2-smenada o‘qishni boshlaydilar.
Barcha talabalarga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!