27.08.2021 487

O‘qishni ko‘chirishda o‘tish ballari

Xorijiy OTMlar, shuningdek, O‘zbekistondagi filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini ko‘chirishda quyidagi o‘tish ballari belgilangan:

— Toshkent davlat yuridik universiteti uchun - 105,84 ball;
— Toshkent davlat transport universiteti uchun - 104 ball;
— Tibbiyot OTMlari uchun - 100 ball;
— Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti - 100 ball;
— Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun - 80 ball;
— Milliy rassomlik va dizayn instituti - 70,56 ball;
— Oliy ta’lim vazirligi tizimidagi OTMlar uchun - 66,1 ball;
— Navoiy davlat konchilik instituti va uning Nukus filiali uchun - 66,1 ball.
— Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun - 66,1 ball;
— Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning filiallari uchun - 56,7 ball;
— Toshkent davlat agrar universitetining filiallari hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun - 56,7 ball;
— Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallari uchun - 56,7 ball.

Bo'lishmoq: