10.03.2022 400

O‘sh davlat universiteti bilan onlayn uchrashuv tashkil qilindi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti bilan zoom orqali uchrashuv tashkil qilindi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Aziz Xasanov, ilmiy ishlar, inovatsiyalar bo‘yicha prorektor Nozima Muratova, bir qator universitet vakillari hamda ikki universitet tomonidan dekan, kafedra mudirlari, professorlar qatnashdilar.

Tomonlar universitetlar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, ikki tomonlama diplom dasturi va talabalar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari, hamda jurnalistika va kommunikatsiyalar sohasida ham hamkorlik yuzasidan bir qancha masalalar muhokama qilindi. Tez orada ikki tomonlama hamkorlik memorandum imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Bo'lishmoq: