26.06.2023 380

OTM matbuot xizmati – 2023

Toshkent davlat yuridik universitetida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan barcha oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari uchun “OTM matbuot xizmati – 2023. Oliy ta’lim muassasalari matbuot xizmatlarini rivojlantirish: muammo va huquqiy yechimlar” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘quv seminar matbuot kotiblari faoliyati samaradorligini ko‘tarish, jamoatchilikka oliy ta’lim tizimiga oid islohotlar natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazishdagi malakalarini oshirish hamda milliy media makonda yuqori tajriba ega OAV vakillari bilan tajriba almashish maqsad qilib olingan.

Bo'lishmoq: