16.02.2020 1999

O‘z qalamingni yetakchi jurnallarda sinab ko‘r

O‘tgan hafta jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga "Wedding" va "Sacvoyage" jurnallari asoschisi va prodyuseri Anton Zaxarevich tashrif buyurdi.
Mehmonimizning ma’ruzasi ommaviy axborot vositalari va xalqaro jurnalistika talabalari uchun juda foydali bo‘ldi. Uchrashuv yakunida Anton Zaxarevich O‘zJOKU talabalariga O‘zbekistonning turli burchaklari yoki dunyoning xorijiy davlatlari haqida kreativ maqolalar yozishni taklif qildi. Bu talabalar uchun o‘z qalamini sinash hamda qiziqarli maqolalarni nashr qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.
Maqolalar jurnal tahririyatiga yuborilishi yoki 305 - xalqaro hamkorlik bo‘limi xonasiga topshirilishi mumkin.

Bo'lishmoq: