Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA xalqaro mavzularni yorituvchi, mazkur sohada muayyan bilim va tajribaga ega, oʻz ishiga masʼuliyatli mutaxassislarni vakant oʻrinlarga ishga taklif etadi.
Nomzodlar dunyo yangiliklari haqida tezkor axborot, sharh, intervyu, tahliliy material tayyorlay olishi, tarjima va tahlil qilish, vazirlik va idoralar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, xorijiy axborot agentliklari bilan hamkorlikda ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishi zarur.
Malaka talablari:
– oliy maʼlumot;
– mutaxassislik boʻyicha ish tajribasi;
– zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter va internetni mukammal bilish;
– tahrir usullarini bilish va ish faoliyatida qoʻllay olish;
– tadbirlardan onlayn reportajlar tayyorlash koʻnikmasi.
Agentlik xodimlarga mehnat shartnomasi doirasida kafolatlangan mehnat sharoitlari, oʻz ustida ishlash va rivojlanish, xorijiy davlatlarda malaka oshirish imkoniyatlarini yaratib beradi.
Nomzodlar yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir maʼlumotnoma (obyektivka)ni @uza_xalqaro telegram manziliga yuborishlari lozim.
Tanlab olingan nomzodlar bilan telefon orqali bogʻlanib, suhbat kuni va sinov shartlari aytiladi.