04.04.2023 491

Ozarbayjon delegatsiyasi O‘zJOKUda

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida O‘zbekiston-Ozarbayjon axborot sohasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda axborot va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha vakolatli davlat organlari va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, yurtimiz hayotidagi dolzarb voqealarni hamda mamlakatimiz rahbariyatining mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi tashabbuslarini yoritishga qaratilgan PR-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar berildi. Ozarbayjon OAV bilan ijodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xalqaro auditoriyani xolis, ayni paytda qiziqarli va tezkor ma’lumotlar, sifatli kontent bilan ta’minlash muhimligi ta‘kidlandi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda konstruktiv va natijador sheriklik istiqbollari belgilandi.

Bo'lishmoq: