11.10.2021 532

Ozarbayjonning kichik bo‘lagi endi O‘zJOKUda!

Bugun O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbasov o‘z jamoasi bilan birgalikda mehmon bo‘ldi.

Joriy yilning 2-oktabr kuni O‘zJOKU va Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida bugun Samir Abbasov universitetga Ozarbayjon haqida 47 nomdagi turli kitoblarni sovg‘a sifatida taqdim etdi.

Shuningdek, markaz rahbari universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘jaga Ozarbayjon gilamlari haqidagi katta to‘plam nashrni sovg‘a qildi. Keltirilgan kitoblarni markaz kutubxonasi mudiri Kifayat xanim universitet talabalariga tanishtirib, har biri haqida alohida ma’lumot berib o‘tdilar. Bu talabalar uchun qardosh mamlakat Ozarbayjon haqidagi yangi ma’lumotlar olish va go‘zal tassurotlar uyg‘otish uchun muhim tadbir bo‘lib xizmat qildi.

Olib kelingan bir biridan qiziqarli va ajoyib kitoblar endi universitet kutubxonasidan joy olib, barcha talabalar, shuningdek universitet jamoasi a’zolari ulardan bemalol foydalanishlari mumkin.

Bugungi tashrif va universitet uchun bebaho bo‘lgan kitob – sovg‘alar uchun O‘zJOKU Ozarbayjon madaniyat markazi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini izhor etadi!

Bo'lishmoq: