O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va “Xalqaro Politsiya assotsiatsiyasi” tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumning maqsadi:
Tomonlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash;
Talaba-yoshlar o‘rtasida terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi targ‘ibot ishlarini olib borish;
Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Jinoyatchilik, huquqbuzarliklarga qarshi kurash;
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish;
yoshlar orasida harbiy sport musobaqasini o‘tkazish;
O‘zaro hurmat va tenglik tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan harakatlarni belgilashdan iborat.