Bugun 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Mamlakatimiz va fuqarolarimiz tarixi-yu kelajagi uchun muhim bo‘lgan ushbu kunga bugun 32 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan barcha o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar, o‘zbek tiliga mehr qo‘ygan, uni bilishga intiluvchilar, butun dunyo bo‘ylab uning rivojiga hissa qo‘shayotgan barcha barchani bugungi sana bilan tabriklaymiz.
Bobolarimizdan meros qolgan go‘zal o‘zbek tilimizni bizdan keyingi avlodga ham shu go‘zalligi bilan yetkazish bizning zimmamizda ekanini unutmaylik!
Tilimizning tantanasi barchaga muborak bo‘lsin!