26.10.2019 2650

O'zbek tili... Naqadar go'zal, boy va qudratlidir.

O'zbek tili... Naqadar go'zal, boy va qudratlidir. Uni qancha e'zozlab, ardoqlasak, shuncha kam. Chunki o'zbek tili - millatimiz aksi!

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida o'zbek tiliga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi. Unda professorlar, o'qituvchilar, talabalar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbirni universitet rektori Sherzodxon Qudratxodjayev ochib berdilar va nutqlari davomida: "Til - bu o'zligimiz. U o'tmishdan xabar beruvchi asosiy vosita. Aynan shu tilda dunyo tanigan ulug' allomalarimiz so'zlashgan.
O'zbek tili Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qahhor kabi buyuklar siymolarimiz tilidir.
Jurnalistlarimiznining eng asosiy vazifasi tilni asl holida asrab-avaylash hamda uni kelajak avlodga taqdim etishdan iborat" - deb ta'kidlab o'tdilar.

Tadbir talabalar tomonidan chiqishlar bilan davom etdi. Ayniqsa, rusiyzabon talabalarning o'zbek tilida kuylagan qo'shiqlari ko'pchilikning e'tiborini tortib, yig'ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Qolaversa, O'zJOKUda yaqinda "Yil Talabasi-2019" tanlovlining universitet boshqichi bo'lib o'tgan edi. Tadbir nihoyasida g'oliblar e'lon qilindi va ularga Faxriy yorliq va esdalik sovg'alar, 1, 2, 3- o'rin sohiblariga esa pul mukofotlari taqdim etildi.
Tadbir fotosuratlarini e'tiboringizga havola etamiz!

O'zbekiston jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining matbuot xizmati

Bo'lishmoq: