24.03.2022 417

O‘zbek va tatar millatlari haqida suhbat

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Qozon Federal Universitetining Boshqaruv, iqtisod va moliya instituti direktori, iqtisod fanlari doktori, professor Nailya Bagautdinova mehmon bo‘ldi.

Professor Nailya Gumerovna bilan O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘zbek va tatar millati vakillarining ko’p yillik tarixiy, do‘stona aloqalari, ularning O‘zbekistonga bo‘lgan munosabati, xotiralari va hozirgi taasurotlari haqida suhbatlashdi.

Mehmon suhbat davomida O‘zbekiston va o‘zbek millati haqida juda iliq fikrlar bildirib, tarix uchun, ocharchilik vaqtida ko‘plab millatlarga beminnat yordami uchun o‘zbeklar oldida ta’zimda ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Suhbatda har ikki suhbatdosh tomonidan ko‘plab eshitishga, anglashga arzirli fikrlar aytib o‘tildi.

Intervyuning to‘liq shaklini yaqin soatlar ichida, O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘janing Facebookdagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

Bo'lishmoq: