23.12.2020 1428

"O‘zbekiston AKT-sharhlovchisi" tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Huawei va Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan Oʻzbekiston AKT-sharhlovchisi tanlovi gʻoliblari aniqlandi.

23-dekabr kuni Huawei kompaniyasi ofisida Oʻzbekiston AKT-sharhlovchisi tanlovining gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda loyiha ishtirokchilari va gʻoliblari, hakamlar hayʼati hamda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rahbariyati ishtirok etdi.

15-oktyabr kuni Huawei va Oʻzbekistonn Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining mamlakatda IT-jurnalistikani rivojlantirishga tajribali va boʻlajak jurnalistlar va IT mutaxassislarini jalb qilishga qaratilgan “Oʻzbekiston AKT-sharhlovchisi” tanloviga start berilgan edi.

Ikki oy davomida loyiha ishtirokchilari Oʻzbekistonni raqamlashtirish, 5G texnologiyalari, bulutli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va aqlli shahar konseptsiyasi kabi mavzularda maqola va insholar yozdilar. Yakuniy vazifa Huawei mutaxassislaridan intervyu olish asosida “Raqamli iqtisodiyot” masalalarini yoritish edi. Final doirasida tanlov ishtirokchilari kompaniyaning shou-rumiga tashrif buyurishdi va u yerda mamlakatni raqamlashtirish uchun tatbiq etiladigan texnologik yechimlar bilan yanada batafsil tanishdilar.

Finalchilarning ishlarini baholash natijalariga koʻra toʻrtta ishtirokchi loyihaning gʻolibiga aylandi:

3-o‘rin: Kamola Maхmudxodjaeva
2-o‘rin: Dilshodaxon Olimova
1-faxrli o‘rinni Dilshodbek Asqarov va Jaloliddin Mirzayev o‘zaro bo‘lishishdi.

Qizig‘i shundaki birinchi o‘rin ballar to‘plami bo‘yicha bir xil natijaga ega bo‘lgan ikkita ijodkor o‘rtasida teng taqsimlandi. Ulardan biri Jaloliddin Mirzayev, shunday fikrlarni bildirdi: “Bu shunchaki tanlov emas, yaxshigina tajriba boldi. Bir necha oy davomida maqolalar yozdim, videolavha tayyorladim, izlandim. Muhimi raqamli iqtisodiyot nima ekanligini ozim tushunib yettim. Bularni endi aholiga va tomoshabinlarga sodda, tushunarli tilda yetkaza olaman, deb oylayman. Tanlovda ishtirok etishim davomida nimanidir organganim bu - loyihaning kozlangan maqsadiga erishilganini bildiradi. Yana bir fakt, tanlov jarayonlari davomida Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda birinchi AKT tok-shousini tayyorlash borasida ham goya paydo bo'ldi. Shunday ekan, korsatuvni MY5 telekanali efirlarida kuting”.

“Tanlov bolib otgan qariyib ikki oy davomida AKT sohasidagi bilimlarim yanada boyidi, juda kop bilmaganlarimni bilib oldim. Bundan tashqari, yana bir narsaga guvoh boldimki, IT-jurnalistika yonalishida o’zbek tilidai axborot resurslari juda kam ekan. Axborot texnologiyalari sohasini ulkan okeanga qiyoslasak, bizdagi axborot manbalari uning oldida bir tomchidek. Shu bois, mazkur yonalish bo’yicha alohida portal tashkil etib, yetakchi mutaxassislar va jurnalistlar ishtirokida yuritib borilsa, menimcha bu axborot texnologiyalari sohasida keng ommaga yanada koproq ma’lumot va tushunchalar berib, ularning bilimini boyitgan bolardi. Huawei hamda Ozbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga esa ushbu tanlovni tashkil etgani uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiraman”, - deya fikrini izohladi Dilshod Asqarov, tanlov goliblaridan biri.

“Huawei Oʻzbekistonda shu kabi tanlovni oldin ham viloyat jurnalistlari oʻrtasida oʻtkazgan edi va unda loyiha gʻoliblari kompaniyaning Xitoydagi bosh qarorgohiga tashrif buyurishga muvaffaq boʻlishgan edi. Bu yil ham biz IT-jurnalistikani yoshlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining nufuzli vakillari orasida targʻib qilish mavzusini yana davom ettirishga qaror qildik. Tanlovda ishtirok etgan ishtirokchilar maqolalarni yozish jarayonida materiallarni oʻrganishga vaqt ajratishganidan va texnologik rivojlanishning ahamiyatini barcha uchun tushunarli tilda shakllantira olishganidan va yetkazib bera olishganidan xursandmiz. Biz kelgusida ham axborot texnologiyalari sohasidagi va jurnalistikaga ixtisoslashgan universitet talabalarida “Oʻzbekiston AKT-sharhlovchisi” va “Seeds for the Future” taʼlim loyihasi kabi loyihalarda qatnashish uchun qiziqish uygʻotishga va ularni bu loyihaga jalb etishga umid qilamiz”, deya taʼkidladi kompaniyaning korporativ aloqalar boʻlimi rahbari Davron Azizov.

Huawei kompaniyasi kelajak kasbi sifatida axborot texnologiyalarini tanlagan isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratadi, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillarini oʻzlarining nashrlarida jamiyatdagi axborot texnologiyalari integratsiyasining yoʻqligi bilan bogʻliq muammolar toʻgʻrisidagi masalalarni tez-tez koʻtarishga undaydi. Ushbu tajriba Oʻzbekiston xalqiga innovatsiyalar asosida yaratilgan qadriyatlar toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot olishga yordam berishi, shuningdek, davlat organlarini raqamli transformatsiyaga oʻtishga tayyor boʻlishga chaqirishi mumkin.

Raqamli iqtisodiyot dasturini amalga oshirishning muvaffaqiyati, kuchli AKT infratuzilmasi bilan bir qatorda, aholining raqamli savodxonligi darajasi va aholining raqamlashtirishga tayyorligi bilan ham belgilanadi. Bunda ommaviy axborot vositalarining oʻrni juda muhim boʻlib, yuqori texnologiyali innovatsiyalar haqidagi oddiy haqiqatlarni tushunarli tilda yetkazish qobiliyati mamlakat aholisining turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Bunday tanlov keyingi yili tashkil etilishi rejalashtirilgan va u bundanda ko'p yosh va shijoatli jurnalistlarni jamlashiga ishonamiz!

 

Bo'lishmoq: