O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2019-2020 o'quv yillari uchun tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlariga qabul e'lon qiladi.
Hujjatlar 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha online (online (phd.mininnovation.uz tizimida registratsiyadan o'tish orqali) qabul qilinadi.
Doktoranturada o'qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik ma'lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) to'g'risidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari;
oliy ma'lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo'lganligi to'g'risidagi diplom nusxasi (DSc uchun);
tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy ma'ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
ilmiy ish asosnomasi;
Murojaat uchun telefon: 91 7880065 Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Markaz-5, 88-uy Telefon: +998 71 207 09 06 | E-mail: journalism.univer@gmail.com