O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Umummutaxassislik kafedrasi o'qituvchisi Yulduz Umarovaning falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun "Xitoy televideniyesida yangiliklar tizimi: An'ana va zamonaviylik" dissertatsiya ishining muhokamasi bo'lib o'tdi. Muhokama prorektorlar, dekanlar, kafedra mudiri va mehmonlar ishtirokida o'tdi. Dissertatsiya a'zolar tomonidan muhokama qilindi, taqrizlar o'qildi, savollar berildi va yutuq va kamchiliklari aytildi.