O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kadrlar o‘zgarishi
Bugun, 12-fevral kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon QUDRATXO‘JA xodimlarni rotatsiya qilish bo‘yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. O‘zgarishlar fakultetlarning dekanat bo‘limlariga ta’sir ko‘rsatdi.
Shunday qilib:
1. Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakulteti dekani Elmurodov Akbar Muhammadiyevich rotatsiyadan so‘ng magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
2. Zakirova Gulnora Vohid qizi internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakultetining yangi dekani lavozimiga tayinlandi;
3. Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ahmedov Ahror Abrorovich, internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakulteti dekan muovini lavozimiga tayinlandi;
4. Mir’azamov Alisher Mirakbarovich Ilgari monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan, rotatsiyadan so‘ng bosma ommaviy axborot vositalari va noshirlik ishi fakulteti, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini lavozimiga tayinlandi.