Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
- ilmiy ish asosnomasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
- Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
Tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qishga qabul qilish universitet rektori buyrug‘i bilan har yili 5-dekabrgacha amalga oshiriladi. Bunda tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim olish keyingi yilning
1-yanvaridan boshlanadi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat 1 - 25 noyabr davrida o‘tkaziladi.
Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning kirish imtihonlari, suhbat natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, qabul komissiyasi va (yoki) Kollegial organ tomonidan 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi.
Murojaat uchun telefon:
(71) 207-09-06
(91) 788-00-65