Munavvarqori Abdurashidxonov yetakchiligidagi ziyolilar tashabbusi va saxovatli kishilarning ko‘magi bilan O‘rta Osiyodagi dastlabki oliy o‘quv yurti – Musulmon xalq dorilfununi hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti tashkil etilganligiga 105 yil to'ldi.
Milliy universitet jamoasiga ulkan zafarlar, cheksiz fayz va baraka, Vatan ravnaqi yoʻlida olib borayotgan ishlaringizga ijodiy barkamollik tilaymiz.